AQSh Eron yadroviy dasturi haqida ma’lumot berganlarga $20 mln gacha mukofot va’da qildi.
AQSh Davlat departamenti “Odil sudlovga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida bunday ma’lumotlarni taqdim etganlarga pul mukofoti va xorijga ko‘chib o‘tishda yordam taklif qilmoqda.
Mukofot Eronning yadroviy ob’ektlari, uskunalari, transport harakati va shu sohada ishlaydigan xodimlar haqidagi ma’lumotlar uchun beriladi.