Bugun 8 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

The Washington Post : Florida gubernatori AQSh prezidentligi uchun kurashga tayyorlanmoqda

The Washington Post : Florida gubernatori AQSh prezidentligi uchun kurashga tayyorlanmoqda


Florida gubernatori Ron Desantis 2028 yilda bo‘lib o‘tadigan AQSh prezidentlik saylovlarida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

U Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun kurashmoqchi. Ma’lum qilinishicha, Desantis saylovoldi kampaniyasida ishtirok etish taklifi bilan kamida bir nafar siyosiy maslahatchiga murojaat qilgan. Uni qo‘llab-quvvatlovchi siyosiy qo‘mita esa mablag‘ yig‘ishni boshlagan.

Gubernator tarafdorlarining aytishicha, Desantis respublikachilarning 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan oraliq saylovlardagi mag‘lubiyatidan keyin yana prezidentlikka da’vogarlik qilish imkoniyati paydo bo‘lgan deb hisoblagan. Saylov natijalariga ko‘ra, respublikachilar Kongressning har ikki palatasidagi nazoratni yo‘qotadi, demokratiklar esa ko‘pchilikni qo‘lga kiritadi.



Desantis 2024 yilgi prezidentlik poygasida ham qatnashgan, biroq keyinchalik nomzodini qaytarib olib, Trampni qo‘llab-quvvatlagan edi.

Kiritildi: 19:40 07.11.2026. O'qildi: 481 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik