"Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Isroil davlati Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi," — deyiladi xabarda.
Isroil va Rossiya rahbarlari “G‘alabaning 80 yilligi” munosabati bilan bir-birini tabriklagan, Putin esa Isroilda yashayotgan faxriylarga sihat-salomatlik tilagan.
Tomonlar Yaqin Sharqdagi murakkab vaziyat kontekstida o‘zaro hamkorlikka alohida e’tibor qaratib, yuz berayotgan voqealarga baho berib, muloqotni davom ettirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.