Bugun 5 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Putin harbiy xizmatga oid muhim qonunlarni imzoladi

Putin harbiy xizmatga oid muhim qonunlarni imzoladi

Putin harbiy xizmatga yil davomida chaqiruv va “muhim ob’ektlarni” himoya qilish uchun zaxiradagi harbiylarni yuborish to‘g‘risidagi qonunlarni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, 2026 yildan boshlab Rossiyadagi harbiy komissariatlar chaqiruvga yaroqlilikni aniqlash uchun tibbiy ko‘riklarni va chaqiruv komissiyasi yig‘ilishlarini yil davomida o‘tkazadi. Biroq, harbiy xizmatga yuborish avvalgidek yiliga ikki marta — 1 aprelidan 15 iyulgacha va 1 oktyabrdan 31 dekabrgacha amalga oshiriladi.

Shuningdek, endi zaxiradagi harbiylarni Rossiyadagi muhim ob’ektlarni himoya qilish uchun tinchlik davrida ham yuborish mumkin bo‘ladi. Buning uchun ular prezident farmoni bilan ikki oylik yig‘inlarga chaqiriladi.

Kiritildi: 21:59 04.11.2025. O'qildi: 1501 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!