Rossiya Ukraina bilan muzokaralarning navbatdagi raundini Istanbulda o‘tkazishga tayyor va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘ondan bu boradagi yordami uchun minnatdor.
Bu haqda Rossiya yetakchisi Vladimir Putin Belarus poytaxti Minskka tashrifi yakunlari bo‘yicha jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Rossiya tomoni Ukrainaga yana 3000 nafar halok bo‘lgan askarning jasadini topshirishga tayyor.
"Rossiya va Ukraina almashinuvlar yakunlanganidan keyin aloqalarni davom ettiradi", dedi Putin va ikki davlatning muzokara guruhlari rahbarlari doimiy aloqada bo‘lib, bir-birlariga qo‘ng‘iroq qilib turishibdi.