Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Putin men bilan muzokaralar olib borishdan qo‘rqadi – Ukraina prezidenti

Putin men bilan muzokaralar olib borishdan qo‘rqadi – Ukraina prezidenti

Volodimir Zelenskiyning boshqa bayonotlari:

◾️ Ukraina Putindan boshqa Rossiyaning har qanday boshqa vakili bilan muzokaralarga rozi bo‘ladi;

◾️Ukraina AQShdan foydali qazilmalar bo‘yicha yangi kelishuv loyihasini oldi, bu avvalgi asosiy kelishuvdan butunlay farq qiladigan hujjatdir;

◾️Kiyev Vashingtongning harbiy yordamini qarz sifatida tan olmaydi;

◾️Kiyevda bir hafta davomida tor doiradagi shoshilinch yig‘ilish bo‘lib o‘tadi va unda Ukraina hududiga kontingent jo‘natishga 100 foiz tayyor bo‘lgan davlatlar qatnashadi;

◾️Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov AQShga Rossiyaning sulhni buzganini isbotlovchi dalillarni topshiradi;

◾️Hamkor mamlakatlar Ukrainaga razvedka ma’lumotlariga kirish imkoniyatini kengaytirdi, harbiy omborlardan foydalanishga ruxsat berdi va havo mudofaasi tizimlari uchun lisenziyalar taqdim etdi;

◾️Foydali qazilmalar to‘g‘risidagi bitimga ilgari rad etilgan tafsilotlar kiritilgan;

◾️G‘alaba borasida hammasi juda aniq. Biz uchun NATO, faqat AQShda bo‘lgan raketalar, 100% malakali harbiylar bilan ta’minlangan Ukraina armiyasi va himoya qilinishi kerak bo‘lgan qazilmalarimiz bor;

◾️AQSh endi Ukrainaga tekin yordam ko‘rsatmaydi. Buni ular rasmiy ravishda ma’lum qilishmoqda;

◾️Reaktiv dronlar, shuningdek, optik tolali dronlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish ustida ish olib boryapmiz;

◾️Raketa dasturlarini va ularni ishlab chiqarishni imkon qadar tezlashtirishimiz lozim.

Kiritildi: 12:15 29.03.2025. O'qildi: 1276 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!