Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaning chegaradagi Kursk viloyatiga bostirib kirishi uning Ukraina sharqidagi hujumini to‘xtata olmasligini aytdi.
«Ularning hisob-kitobi Donbasning asosiy qismlarida bizning hujumkor harakatlarimizni to‘xtatish edi», dedi Putin Sibirga tashrifi chog‘ida maktab o‘quvchilariga va qo‘shimcha qildi: «Biz, albatta, Rossiya Federasiyasiga kirgan bu banditlar bilan kurashishimiz kerak».
Avgust oyi boshida Ukraina Kurskga kutilmagan hujum uyushtirib, so‘nggi haftalarda o‘nlab shahar va qishloqlarni egallab oldi.