Ukraina muammosini hal qilish doirasida Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar olib borish mumkin, biroq u o‘zining qonuniy bo‘lmaganligi sababli hujjatlarni imzolash huquqiga ega emas, deb aytdi Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin.
"Ha, kim bilan bo‘lsa-da muzokara olib borish mumkin, faqat o‘zining qonuniy bo‘lmaganligi tufayli u (Zelenskiy - tahr.) hech narsani imzolashga haqli emas. Agar u muzokaralarda qatnashishni xohlasa, men bu muzokaralarni olib boradigan odamlarni tayinlayman, marhamat", - dedi davlat rahbari "Moskva. Kreml. Putin" dasturining muallifi va boshlovchisi Pavel Zarubinga bergan intervyusida.
Putin shunday qilib Zelenskiy bilan muzokaralar olib borish mumkinmi, degan savolga javob berdi.