Bugun 27 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Putin Janubiy Koreyaga bormaydi

Putin Janubiy Koreyaga bormaydi

Putin Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida qatnashish uchun Janubiy Koreyaga bormaydi, deb xabar bermoqda Yonhap

Xabar berilishicha, Rossiya prezidenti sammitga mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk boshchiligidagi delegasiyani yuborish haqida buyruq bergan.

"AQSh prezidenti Donald Tramp esa sammit arafasida Janubiy Koreyaga tashrif buyurishni rejalashtirgan, ammo anjuman boshlanishidan oldin ushbu mamlakatni tark etishi mumkin", deya yozmoqda Yonhap manbalariga tayanib.

Avvalroq ommaviy axborot vositalari Donald Tramp va Si Jinpin 31 oktyabr — 1 noyabr kunlari Janubiy Koreyada o‘tkaziladigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida qatnashishi va ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: 22:10 06.10.2025. O'qildi: 2446 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!