"Bosh qo‘mondon bu masalada boshqa ko‘rsatmalarni hali bermagan", – deya Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlarini keltirmoqda “TASS”.
Agentlikning ma’lum qilishicha, Rossiya 18 mart kuni e’lon qilgan 30 kunlik moratoriy muddati 17 aprelda tugaydi.
Rossiya va Ukraina mart oyida alohida shaklda AQSh bilan energetika ob’ektlariga zarba bermaslik to‘g‘risida kelishib olgan edi. Moskva talqiniga ko‘ra, energetika infratuzilmasiga zarba berishni to‘xtatish 18 martdan, Kiyev talqiniga ko‘ra esa 25 martdan boshlab amal qilmoqda.
Rossiya va Ukraina muntazam ravishda bir-birini moratoriyni buzganlikda ayblaydi va o‘zlariga qo‘yilgan qarshi ayblovlarni rad etadi.