Birinchi rus-arab sammiti 15-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi, deya ma’lum qildi prezident Vladimir Putin. Bu uning Arab davlatlari ligasi 34-sammiti ishtirokchilariga tabrigida aytilgan.
“Assosiasiyangizning barcha davlatlari rahbarlarini, shuningdek, liga bosh kotibini biz 15-oktyabrda o‘tkazishni rejalashtirgan birinchi Rossiya-arab sammitida ishtirok etishga taklif qilmoqchiman”, — dedi Putin.
Uning ta’kidlashicha, ushbu tadbir arab davlatlari va Rossiya o‘rtasidagi "o‘zaro manfaatli ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlashga hissa qo‘shadi" va "Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqalarida tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘llarini topishga yordam beradi".
Arab Ligasi 1945 yilda Misr, Iroq, Livan, Saudiya Arabistoni, Suriya, Iordaniya va Yaman tashabbusi bilan tuzilgan. Hozirda ligada 22 ta davlat ishtirok etmoqda.