AQSh prezidenti BBC'ga bergan intervyusida Rossiya rahbari bilan aloqalarni butunlay uzishga hali tayyor emasligini, biroq uning xatti-harakatlaridan ko‘ngli qolganini aytdi.
"Putinning harakatlari tufayli undan hafsalam pir bo‘ldi, lekin bu hammasi tugaganini anglatmaydi. Putin bilan to‘rt marta gaplashdim va biz kelishdik deb o‘yladim. Ammo keyin, Rossiya Kiyevdagi tug‘ruqxonani yoki shunga o‘xshash biror joyni bombardimon qilganini ko‘raman. Keyin o‘zimga “La’nati, bu nimasi?”, deb aytaman", dedi Tramp.
AQSh prezidentidan, shuningdek, u Putinga qanchalik ishonishi haqida so‘rashganida Donald Tramp "Rostini aytsam, men deyarli hech kimga ishonmayman", deya javob berdi.