Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asad Moskvaga keldi, Rossiya unga siyosiy boshpana berdi, deb yozadi TASS.
Bashar Asad va uning oilasiga siyosiy boshpana berish haqidagi qarorni Rossiya prezidenti Vladimir Putin qabul qilgan. Bu haqda jurnalistlarga Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Albatta, bunday qarorlarni davlat rahbarisiz qabul qilib bo‘lmaydi. Bu uning qarori”, – dedi Kreml vakili.
Shu bilan birga, Kreml vakili bu haqda hech qanday rasmiy bayonotlar yo‘qligini ta’kidladi, ma’lumot kecha manbalardan tarqalganini aytdi.
“Hozir bu mavzuda hech narsa deya olmayman”, – dedi Peskov.
27 noyabr kuni qurolli muxolifat kuchlari Suriya armiyasining Aleppo va Idlib provinsiyalaridagi pozisiyalariga yirik hujum uyushtirdi. 7 dekabr kuni kechqurun ular bir qancha yirik shaharlarni (Halab, Xama, Dera va Xoms) egallab olishdi va 8 dekabrda Damashqqa kirishdi, Suriya hukumat kuchlari bo‘linmalari shaharni tark etishdi. Suriya hukumati rahbari Muhammad G‘ozi al-Jaloliy respublikadagi hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirishga tayyorligini bildirdi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, Asad Suriya prezidenti lavozimini tark etgan va hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirish bo‘yicha ko‘rsatma bilan mamlakatdan chiqib ketgan. Keyinroq Kremldagi manba Asad oila a’zolari bilan Moskvaga kelganini ma’lum qildi. Rossiya ularga gumanitar sabablarga ko‘ra boshpana bergan.