Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Putin AQShning tinchlik rejasini rad etdi

Putin AQShning tinchlik rejasini rad etdi

Putin Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff taqdim etgan batafsil rejani qabul qilmadi. Financial Times gazetasi uchta manbaga asoslanib xabar berishicha, Rossiya prezidenti uni muhokama qilishga ham rozi bo‘lmagan.

Vladimir Putinning tinchlik rejasini muhokama qilishni istamayotgani haqida Uitkoffga Rossiyaning yuqori martabali amaldorlari ma’lum qilishdi. Bu Ukraina va Yevropa ishtirokida ishlab chiqilgan 22 banddan iborat ro‘yxat edi. Putin bilan tinchlik rejasini muhokama qilish Uitkoffning 25 aprel kuni Moskvaga tashrifi paytida rejalashtirilgandi.

FT muxbirlariga ko‘ra, 22 banddan iborat ushbu reja keyingi kuni Ukraina va AQSh rasmiylari o‘rtasidagi telefon suhbatida batafsil muhokama etildi. Ukraina tomonidan Zelenskiy ma’muriyati rahbari Andrey Yermak va Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov, AQSh tomonidan esa Uitkoff, davlat kotibi Marko Rubio va Trampning Kiyevdagi maxsus elchisi Kit Kellog ishtirok etishdi.

Kiritildi: 20:57 17.05.2025. O'qildi: 1250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!