💵 Ma’lumki, endi respublika bo‘yicha jami 500 talaba haq to‘lanadigan 3 oygacha bo‘lgan (har oy uchun maksimum 680 ming so‘mgacha) amaliyot o‘tashi mumkin. Buning ham talablari bor.
🧑🎓 Avvalo:
✔️ bitiruvchi bosqichda tahsil olayotgan bo‘lishi;
✔️ ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) tarmoq korxonasidagi faoliyat yo‘nalishiga mos bo‘lishi;
✔️ O‘zbekiston rezidenti bo‘lishi lozim.
📋 Shu toifadagi talabalar o‘zi o‘qiyotgan OTMga ariza topshirishi, OTM esa uni Maxsus komissiyaga berishi kerak. Shundan so‘ng Maxsus komissiya tasdiqlagan talabalar haq to‘lanadigan amaliyotga bora olishadi.
❌ Eslatma: bu tartib harbiy OTMlarda amal qilmaydi.