Bugun 18 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Puerto-Riko yaqinida AQShga noqonuniy ketayotgan 10 nafar o‘zbekistonlikni olib ketayotgan kema ushlandi

Puerto-Riko yaqinida AQShga noqonuniy ketayotgan 10 nafar o‘zbekistonlikni olib ketayotgan kema ushlandi

AQShga kirish maqsadida o‘zbekistonliklar Karib dengizlarini ham zabt etmoqda

AQSh Bojxona va chegarani muhofaza qilish xizmati (CBP) ma’lumotiga ko‘ra, Puerto-Riko oroli yaqinida 13 nafar noqonuniy migrantni olib o‘tayotgan kema to‘xtatilgan. Ular orasida O‘zbekistondan 10 nafar erkak, Qirg‘izistondan bir ayol va Rossiyadan ikki erkak borligi aytilmoqda.

AQSh Dengiz qo‘riqlash bo‘limi xodimlari kemani Puerto-Rikoning g‘arbiy sohiliga yaqinlashgan paytda aniqlab, kuzatuv ostiga olgan. AQSh Dengiz gvardiyasi hamda Puerto-Riko polisiyasi yordamida kema to‘xtatilib tekshiruv o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, kemadagi barcha shaxslar AQShga qonuniy kirish yoki yashash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarga ega bo‘lmagan.

Barcha 13 nafar shaxslar hibsga olingan va ular yaxshi ahvolda. Qo‘lga olinganlar ichki xavfsizlik tergovi maxsus agentlariga topshirilgan.

Kiritildi: 15:20 16.10.2025. O'qildi: 838 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!