Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

"PSJ" yulduzi jamoadan ketish bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qildi

"PSJ" yulduzi jamoadan ketish bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qildi

"PSJ"ning italiyalik darvozaboni Janluiji Donnarumma parijliklarning u bilan yangi shartnoma imzolamaslik qaroridan hafsalasi pir bo‘ldi.

Bundan tashqari, darvozabon Yevropa Superkubogi uchun Londonning "Tottenxem" klubiga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmaganidan norozi.

"U "PSJ"ning yangi shartnoma taklif qilmagani va Lukas Shevalyening transferi bo‘yicha qaroridan keyin o‘z pozisiyasiga oydinlik kiritishi kutilmoqda," - dedi Fabrisio Romano.

Shuningdek, insayderning qo‘shimcha qilishicha, italiyalik futbolchi "PSJ"ni aniq tark etadi.

Kiritildi: 09:04 12.08.2025. O'qildi: 925 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!