"PSJ", "Monako" va Fransiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Leven Kyurzava faoliyatini Indoneziyada davom ettiradi.
Futbolchi mahalliy "Persib Bandung" klubida to‘p suradi, deb xabar berdi uning matbuot xizmati.
Yangi jamoada u o‘ziga uchinchi raqamini tanladi. Kyurzava "Persib"ga mutlaqo tekinga o‘tdi, chunki u erkin agent maqomida edi.
Uning so‘nggi jamoasi Portugaliyaning "Boavishta" klubi bo‘lib, Kyurzava 2025 yilning yozida shartnoma muddati tugashi munosabati bilan klubni tark etgandi.