«PSJ» to‘rt o‘yindan iborat g‘alabasiz seriyasiga barham berdi.
Luis Enrike boshchiligidagi jamoa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turida «Slovan»ni 6:1 hisobida tor-mor qildi.
Bunga qadar parijliklar ketma-ket to‘rtta uchrashuvda g‘alaba qozona olmagan edi. «PSJ» Liga 1 doirasida «Monako»ga 1:2 hisobida, Fransiya Superkubogida esa «Lans»ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan.
Shuningdek, jamoa chempionatda «Lill» va «Renn» bilan bir xil — 2:2 hisobida durang o‘ynagan.
13 sentyabr kuni «PSJ» Fransiya chempionati doirasida «Brest»ga qarshi maydonga tushadi.