Fransiyaning "PSJ" klubi vingeri Dezire Due "Manchester Siti"ning 2026 yildagi asosiy transfer maqsadiga aylandi. Bu haqda Fichajes xabar bermoqda.
Manbaga ishonadigan bo‘lsak, "Manchester Siti" 20 yoshli iqtidor egasi uchun 114 million yevrodan ortiq mablag‘ sarflashga tayyor. Duening o‘ziga Parijda hamma narsa ma’qul ekani aytilmoqda, ammo u o‘z kuchini Premyer-ligada sinab ko‘rishga qarshi emas.
Due joriy mavsum barcha turnirlar doirasida 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Duening "PSJ" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.