"Pari Sen-Jermen" futbolchisi Dezire Due "Barselona" futbolchisi Lamin Yamaldan ustun ekanini aytdi.
20 yoshli fransuz mavsumni ajoyib o‘tkazdi va Luis Enrike jamoasiga barcha ichki sovrinlarni, shuningdek, Chempionlar Ligasini yutishda yordam berdi. "PSJ" vingeri o‘zi va 18 yoshli ispaniyalik Yamal o‘rtasidagi tanlovda kamtarlik qilib o‘tirmadi.
"Men yoki Yamal? Men, shubhasiz," - dedi Due.
Dezire Due 2024/25 yilgi mavsumda parijliklar safida 61 ta o‘yinda 16 ta gol urdi va shuncha golli uzatmani amalga oshirdi. Yamal "Barselona" safida 55 ta uchrashuvda 18 ta gol va 25 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.