Bugun 19 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

"PSJ" - "Barselona" o‘yiniga hakamlar tayinlandi

"PSJ" - "Barselona" o‘yiniga hakamlar tayinlandi

Angliyalik hakam Maykl Oliver Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 3-turidan o‘rin olgan "PSJ" va "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi bahsni boshqarib boradi.

Bu haqda UYEFA rasmiy saytida ma’lum qilindi. Uchrashuv 20 oktyabr kuniga rejalashtirilgan.

Unga qanotlarda hamyurtlari Styuart Byort va Djeyms Meynvaring yordam berishadi. To‘rtinchi hakam vazifasi Robert Djonsga topshirildi. VAR tizimi uchun italiyalik Marko Di Bello mas’ul bo‘ladi, unga yana bir italiyalik hakam Daniele Kiffi assistentlik qiladi.

Jamoalar o‘rtasidagi oxirgi beshta uchrashuvda "PSJ" uchta g‘alabani qo‘lga kiritgan, "Barselona" hisobida bitta zafar bor. Yana bir o‘yinda jamoalar durang qayd etishgan.

Fransiya chempionatining 7-turida "PSJ" "Strasburg" ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan edi (3:1). "Barselona" esa Ispaniya chempionatining 9-turida "Betis"ni yirik hisobda mag‘lub etdi (5:2).

Kiritildi: Bugun 10:58. O'qildi: 63 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!