Feliks Svayer "PSJ" va "Arsenal"ning Chempionlar ligasidagi javob o‘yiniga tayinlandi.
Germaniyalik hakam 7 may kuni Parijda bo‘lib o‘tadigan jamoalarning ikkinchi yarim final o‘yinini boshqarib boradi.
Laynsmenlar - Robert Kempter va Kristian Dis, to‘rtinchi hakam - Xarm Osmers.
VAR'ga hakam Bastyan Dankert mas’ul bo‘ladi, uning yordamchisi - Benyamin Brand.
Birinchi o‘yin parijliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.