Bugun 19 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

Prokuror Mubashshir Ahmadga nisbatan 7 yil qamoq jazosini so‘radi

Prokuror Mubashshir Ahmadga nisbatan 7 yil qamoq jazosini so‘radi

18 sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Uchtepa tuman sudida Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan diniy ulamo Alisher Tursunovga nisbatan ko‘rilayotgan jinoyat ishining to‘rtinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Qariyb 3 soat davom etgan ochiq sud majlisiga yuzlab fuqarolar tashrif buyurdi.

Ish – sudya Bobur Rahimov raisligida, qoralovchi – Uchtepa tumani prokurori o‘rinbosari Erkin Narzullayev, shuningdek, Abdulloh Sodiq boshchiligidagi advokatlar ishtirokida ko‘rib chiqilmoqda.

To‘rtinchi sud majlisida Uchtepa tumani prokurori o‘rinbosari Erkin Narzullayev suddan sudlanuvchini O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 156-moddasi, 244-1-modda va 244-3-moddalarida nazarda tutilgan harakatlarni sodir qilishda aybdor, deb topishni so‘radi. Xususan, prokuror Mubashshir Ahmadga «o‘zaro sanksiyalarni qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish» va «BHMning 150 barobari miqdorida jarima» qo‘llashni so‘radi.

Advokatlar guruhi esa Alisher Tursunovdan 2 ta modda: «Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tarqatish» hamda «Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish» ayblovlarini olib tashlashni so‘radi. Advokatlar, shuningdek materiallarni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ruxsatisiz tarqatishga doir ayblovni qisman tan olib, bu harakat ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganini bildirdi. Shu sababli, uni JK 70-moddasi tartibda bekor qilishni, tergov organlari rasmiylashtirib olgan texnika va ashyolarni qaytarishni so‘radi.

Himoyachilar jamoasining uchala a’zosi ham jarayonda qo‘yilgan 3 modda bo‘yicha ayblov tomoni va ekspertlar bilan kelishmayotgan masalalar hamda e’tirozlarini bildirdi. Shuningdek, hukm chiqarishda Mubashshir Ahmadning salomatligi, xalq va yoshlar ilm olishidagi o‘rni, oilada yagona boquvchi ekaniga e’tibor qaratish so‘raldi. Ulamoning o‘zi himoyachilarining so‘ziga to‘liq qo‘shildi.

Sudya 22 sentyabr kuni ayblanuvchiga so‘nggi so‘z berilishi hamda hukm chiqarish uchun maslahatlashuv xonasiga kirishini bildirdi.

Ma’lumot uchun, Alisher Tursunovga nisbatan Jinoyat kodeksining uchta moddasi bo‘yicha ayblov qo‘yilgan

Kiritildi: 23:12 18.09.2025. O'qildi: 662 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!