Bugun 2 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Prokuratura xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Prokuratura xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Korrupsiya – manfaat evaziga xizmat mavqeini suiiste’mol qilish bo‘lib, bugungi kunda u dunyoning barcha davlatlarida eng katta xavf sifatida baholanadi. Boisi, u jamiyatda ijtimoiy tengsizlikni keltirib chiqarish bilan birga, fuqarolarda ertangi kunga bo‘lgan ishonchni so‘ndiradi. Shuning uchun ham ushbu illat vayronkor kuch sifatida qoralanadi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ammo, sholi kurmaksiz bo‘lmaganidek, davlat xizmatchilari orasida o‘z xalqumini hamma narsadan ustun qo‘yuvchilar ham uchrab turganligi achchiq haqiqat

Xususan, Toshkent viloyati prokuraturasining devonxona noziri O‘rtachirchiq tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli savdo do‘konida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holati bo‘yicha aniqlangan 276 mln so‘mlik jarimani vakolatli tanishlari orqali bartaraf etib berish va unga nisbatan chora ko‘rilmasligini ta’minlash evaziga 9 ming AQSh dollari talab qilgan.

Shuningdek, devonxona noziri hozirda Namangan shahridagi nufuzli oliygohda o‘qiyotganligi bois, talab etilgan pulni shu joyga olib kelib berishni so‘ragan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u 9 ming AQSh dollarini Namangan viloyatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan ushbu shaxs va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, devonxona noziriga nisbatan "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Hurmatli fuqarolar kundalik hayotda bu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.

Kiritildi: Bugun 12:04. O'qildi: 574 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!