Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Professional ta’lim muassasalarining bir guruh nemis tili fani o‘qituvchilari Germaniyaga malaka oshirishga yuborildi

Professional ta’lim muassasalarining bir guruh nemis tili fani o‘qituvchilari Germaniyaga malaka oshirishga yuborildi

Hukumat qaroriga asosan, O‘zbekistonda nemis tilini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish hamda yoshlarni Germaniyada kasbiy ta’limga yo‘naltirishga ko‘maklashish maqsadida professional ta’lim muassasalarining 27 nafar nemis tili fani o‘qituvchilari Germaniyaning «TELC» til o‘qitish markazida malaka oshirish kursiga yuborildi.

16 oktyabr kuni malaka oshirishga saralab olingan nemis tili fani o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi va ushbu safardan ko‘zlangan maqsad va vazifalar, kutilayotgan natijalar yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, o‘qituvchilar 8 hafta davomida Germaniyadagi «TELC» til o‘qitish markazida o‘zlarining til darajalari hamda kasbiy ko‘nikmalarini oshirishlariga mo‘ljallangan dastur mazmun mohiyati tushuntirildi.

Uchrashuvda yuborilayotgan pedagoglardan malaka oshirish kursi davomida zamonaviy til o‘rgatish metodikasiga asoslangan intensiv tayyorlov kurslarida faol ishtirok etib, nemis tilini o‘qitishning eng so‘nggi uslublari, zamonaviy qo‘llanmalar va darsliklar bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish kutilayotgani alohida ta’kidlandi.

O‘qituvchilar Toshkent xalqaro aeroportidan mas’ul xodimlar hamrohligida Germaniyaning Berlin shahriga yo‘l oldilar.

Kiritildi: 20:30 17.10.2024. O'qildi: 376 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!