2037 yilga borib dunyo aholisi to‘qqiz milliardga yetishi kutilmoqda. Xo‘sh, bu odamlar qaerda yashaydilar?
Ushbu grafikda aholi sonining keyingi milliardga ko‘payishiga eng ko‘p hissa qo‘shadigan 10 ta davlat ko‘rsatilgan. Ma’lumotlar Birlashgan Millatlar Tashkilotidan 2024 yil sentyabr holatiga ko‘ra olingan.
Aholining o‘sishiga Osiyo va Afrika yetakchilik qiladi.
Ro‘yxatimizning Top-10 ta davlatiga Afrikadan beshta va Osiyodan to‘rtta davlat kiradi.
Dunyodagi eng gavjum mamlakat bo‘lgan Hindistonga 147 million kishi qo‘shilishi prognoz qilinmoqda, bu butun Rossiya aholisiga teng.
Hindistondan keyin Afrikaning eng gavjum mamlakati va eng yirik iqtisodiyoti Nigeriya.