Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Prezident Uzbekistan Airways’ga chiptalar narxi oshishi oldini olish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident Uzbekistan Airways’ga chiptalar narxi oshishi oldini olish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga Buxgalteriya hisobining milliy standartlaridan (BHMS) Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS) o‘tishni topshirdi. Bu haqda kompaniya raisi Shuhrat Xudoyqulov prezidentning xususiylashtirish masalalari bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishidan so‘ng «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Shuhrat Xudoyqulovning so‘zlariga ko‘ra, bu kelajakda aviatashuvchiga xarajatlarni kapitallashtirishga, shuningdek, «chiptalar narxini ushlab turishga, bozorda moslashuvchan va respublika aholisi uchun qulay bo‘lishga» imkon beradi.

«Prezident bizning oldimizga aviachiptalar narxini oshirmaslik va bu jarayonni ma’lum darajada nazorat qilish vazifasini qo‘ymoqda», — deydi Uzbekistan Airways aviakompaniyasi raisi.

Shuningdek, Xudoyqulov milliy aviakompaniya oldiga xalqaro bozorda aksiyalarni ommaviy joylashtirish (IPO) bo‘yicha «jiddiy vazifa» qo‘yilganini aytdi. Bu ish bilan Uzbekistan Airways qoshida tashkil etilgan transformasiya ofisi shug‘ullanmoqda.

Kiritildi: 18:28 28.03.2025. O'qildi: 730 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!