Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Prezident Tramp urushlarni yoqtirmaydi.."

"Prezident Tramp urushlarni yoqtirmaydi.."

U urushlarni pul va hayotni behuda sarflash deb hisoblaydi, - dedi Davlat kotibi Rubio.

Rubioning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Rossiya-Ukraina urushidagi qurbonlar sonidan qattiq xavotirda va 2025 yil yanvaridan beri Rossiya 100 ming askarini yo‘qotganini, Ukraina esa kamroq, ammo yo‘qotishlar “hali ham juda muhim” ekanini ta’kidladi.

“Tramp agar imkoniyat bo‘lsa, bu urushni va boshqa har qanday urushni tugatish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi. Siz avval ko‘rganingizdek, u shu maqsadda ishlashda davom etadi. Bu ishlar vaqt va sabr-toqat talab qilishini tushunamiz. Lekin, albatta, biz ham oldinga siljish yo‘qligidan hafsalamiz pir bo‘ldi. Umid qilamizki, bugungi voqealar va yaqin kunlar Rossiyaning bu boradagi aniq pozisiyasi va ustuvor yo‘nalishlari qanday ekanligiga oydinlik kiritadi va biz oldinga siljishni boshlashimiz mumkin”, — dedi u.

Kiritildi: 23:15 12.07.2025. O'qildi: 565 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!