Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

Prezident Tramp bilan Eron masalasida gaplashamiz — Binyamin Netanyahu

Prezident Tramp bilan Eron masalasida gaplashamiz — Binyamin Netanyahu



Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu rafiqasi Sara bilan Vashingtonga jo‘nab ketdi. Netanyahu parvoz oldidan video murojaat e’lon qildi.

"Men do‘stimiz, AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish uchun Vashingtonga yo‘l olmoqdaman. Bu u prezident etib saylanganidan beri u bilan sakkizinchi uchrashuvim bo‘lib, boshqa har qanday xalqaro yetakchiga qaraganda ko‘proqdir. Bu buyuk sharaf, ammo shu bilan birga katta mas’uliyat hamdir.

Bosh vazir sifatidagi tajribam shuni ko‘rsatadiki, bunday murakkab zamonlarda ham katta matonat, ham donolik bilan harakat qilish kerak. Bjz barcha mavzularni, birinchi navbatda Eron masalasini muhokama qilamiz.

Men ushbu missiyaga birgina aniq maqsad bilan otlanmoqdaman: aziz Isroil davlatimizning xavfsizligi, qudrati va kelajagini ta’minlash", — dedi Isroil bosh vaziri.

Kiritildi: 19:31 27.07.2026. O'qildi: 388 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!