Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Prezident tibbiyot sohasida yangi tizim joriy etilishini ma’lum qildi

Prezident tibbiyot sohasida yangi tizim joriy etilishini ma’lum qildi

“Bugun odamlarning hayotga munosabati ham, talab va ehtiyojlari, dunyoqarashi ham tubdan o‘zgardi. Bu, boshqa sohalar qatori, tibbiyotda ham sifatni oshirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha oldimizga yangi vazifalarni qo‘ymoqda.

Shu bois, noyabr-dekabr oylarida qat’iy tayyorgarlik ko‘rib, yanvardan tibbiyotda xalqning bahosini eshitadigan tizimni joriy qilamiz”, — dedi davlatimiz rahbari.

Endi 26 ta markaz direktorlari, viloyat va tuman sog‘liqni saqlash rahbarlari, oilaviy poliklinika mudirlari bir oylik aniq reja asosida ishlashga o‘tadi.

Ushbu rahbarlar televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda chiqish qilib, zimmasiga olgan vazifalarni, qaysi kasalliklar ko‘p uchrayotgani va ularni qanday kamaytirishni aholiga e’lon qilib boradi.

Shuningdek, odamlarga murojaat qilib, sog‘ligiga e’tibor qilish, tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tish, to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollikning ahamiyatini tushuntiradi.

Markaz rahbarlari o‘z sohasida eng og‘ir tuman va mahallaga boradi. Bir oy davomida qolib, kasalliklarning sabablarini o‘rganib, ularga yechim beradi, oilaviy poliklinika va tuman shifoxonalari shifokorlarini kasallikni davolash bo‘yicha o‘qitadi.

Kiritildi: 14:37 10.11.2025. O'qildi: 759 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!