Davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni Sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari kuni bilan samimiy tabrikladi, el-yurtimiz salomatligi posbonlari bo‘lgan barcha shifokor va hamshiralar, soha mutaxassislariga o‘zining chuqur hurmati va ezgu tilaklarini bildirdi.
“Bugun soha taraqqiyotiga xizmat qiladigan ko‘plab yangi tashabbuslarni sizlar bilan muhokama qilib olamiz.
Zamonaviy tibbiyotni farmasevtikasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bundan buyon ushbu bayramni “Tibbiyot va farmasevtika xodimlari kuni” deb nishonlasak, o‘ylaymanki, sizlar buni qo‘llab-quvvatlaysizlar!
Bularning barchasi tibbiyot va farmasevtika xodimlariga ko‘proq izlanish, ilg‘or davolash va profilaktika usullarini egallashda katta rag‘bat, kuch-g‘ayrat beradi deb ishonaman!”, – dedi Prezidentimiz.