Davlatimiz rahbari bundan buyon yig‘ilishlar har bir soha korxonalari vakillari bilan uchrashuv tarzida, ularni qiynayotgan masalalarga yechimlari bilan o‘tkazilishini ta’kidladi.
O‘tgan yili 23 million tonna meva-sabzavot yetishtirildi, oziq-ovqat sanoatida 86 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Hisob-kitobga ko‘ra, buncha mahsulotni o‘zidan 5 milliard dollarlik eksport qilsa bo‘ladi.
Lekin iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi komplekslari mutasaddilari va hokimlar ishni to‘g‘ri tashkil qila olmagani, eksportchilar muammosini hal qilmagani uchun eksport 2 milliard dollardan oshmagani qayd etildi.