Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Prezident metallurgiya kombinatidagi yangi loyihalar bilan tanishdi

Prezident metallurgiya kombinatidagi yangi loyihalar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev u yerda navli prokat majmuasi bilan qiziqdi.

Avvalo, termo-mustahkamlash jarayonida kimyoviy moddalar tejalgani hisobiga armatura tannarxi kamaygan. Yiliga 300 million dollarlik import o‘rnini to‘ldirish hisob-kitob qilingan.

Yana bir muhim jihati, bu armatura xalqaro DIN standarti sertifikatini qo‘lga kiritgan. Endi ushbu mahsulotni Yevropaga eksport qilish rejalashtirilgan.

Prezident kombinatdagi yana bir muhim loyiha - Quyuv prokat majmuasining qurilish maydonida bo‘ldi.

672 million yevrolik ushbu loyiha natijasida yiliga 1 million tonna po‘lat listlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur loyiha ishga tushgach, kombinat quvvatlari 2 baravarga oshadi.

Kiritildi: 14:50 12.08.2022. O'qildi: 1535 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!