Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Prezident maslahatchisi rektorlar bilan onlayn yig‘ilish o‘tkazdi

Prezident maslahatchisi rektorlar bilan onlayn yig‘ilish o‘tkazdi

Bugun, 28 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.Abduvoxitov hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Madjidov rahbarligida Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalariga bag‘ishlangan onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligixabar berdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 apreldagi “Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4681-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

Onlayn yig‘ilishda Samarqand va Termiz davlat universitetlari, Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Toshkent davlat texnika, Toshkent davlat agrar, Toshkent davlat pedagogika universitetlari va Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiallari rahbarlari ishtirok etdi.

Shuningdek, yig‘ilishda Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori etib tayinlangan Raximov G‘anisher Xudoykulovich tanishtirilib, mazkur yangi oliy ta’lim muassasasi oldida turgan muhim vazifalar belgilab olindi.

Kiritildi: 21:40 28.04.2020. O'qildi: 4020 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!