Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Prezident: “30% hosil isrof bo‘lmoqda”

Prezident: “30% hosil isrof bo‘lmoqda”

Eksportda eng katta zaxiralardan biri – dukkakli mahsulotlar. Har yili 450 million dollarlik loviya, mosh, tariq va no‘xat eksport qilinmoqda.

Bu ekinlar paxta bilan bir vaqtda yetilgani, ishchi kuchi yetishmagani uchun hosilning 30 foizi isrof bo‘lmoqda. Lekin birorta hokim shu paytgacha yangi ekin yerlarini ko‘paytirish u yoqda tursin, tayyor hosilning o‘zidan 150-200 million dollar eksport boy berilayotganini hisob-kitob qilmagani tanqid qilindi.

Butun dunyoda fermerlar dukkakli ekinlarni maxsus kombayn bilan yig‘ishtiradi. Shu bois Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan dukkakli ekin ekish-yig‘ish texnikalariga 15 foizgacha subsidiya berilishi, kredit stavkasining 10 foizdan oshgan qismi qoplab berilishi e’lon qilindi.

Mutasaddilarga bir oyda ushbu tizimni yo‘lga qo‘yish, yil oxirigacha 200 ta bunday texnikani olib kelish topshirildi.

O‘zimizda dukkakli mahsulot yetishmagani uchun tadbirkorlar import qilib, qayta ishlab, reeksport qilayapti. Lekin eksportchilar respublika ichida tashishga ortiqcha xarajat qilmoqda. Chunki amaldagi tartibga ko‘ra, mahsulot qaysi chegara postidan kirsa, eksport ham o‘sha yerdan bo‘lishi kerak.

Shu munosabat bilan Bojxona qo‘mitasiga bojxona rejimida qayta ishlangan mahsulotni istalgan postdan eksport qilish tizimini yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Kiritildi: 15:02 30.07.2025. O'qildi: 1063 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!