Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning G‘ozg‘on shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro T.SH. fuqaro F.G‘.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida “V” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Kattaqo‘rg‘on shahri bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.J. fuqaro B.SH.ning ishonchiga kirib, unga haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakalari o‘tkazilmoqda.