Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Poytaxtlik yana bir erkak koronavirus qurboni bo‘ldi

A A A
Poytaxtlik yana bir erkak  koronavirus qurboni bo‘ldi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 59 yoshli Q.R. 17 iyundan Sirdaryo viloyatida xizmat safarida bo‘lgan. Unda 14 iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Bemorda COVID-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi va ikki tomonlama pnevmoniya o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligining 3-darajasi va poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, bemorda kandli diabet, yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar borligi aniqlangan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Bemorning ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga stabil og‘ir bo‘lib, mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimasion choralarga qaramasdan o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi va poliorgan yetishmovchiligidan vafot etdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 23:29 30.07.2020. O'qildi: 2690 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!