Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Poytaxtimizda o‘tayotgan qit’a birinchiligida yana bir jahon rekordi yangilandi

A A A
Poytaxtimizda o‘tayotgan qit’a birinchiligida yana bir jahon rekordi yangilandi


Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati qizg‘in davom etmoqda. Bugun O‘zbekiston terma jamoasining 4 nafar a’zosi medallar uchun supachaga chiqdi.Poytaxtimizda o‘tayotgan qit’a birinchiligida yana bir jahon rekordi yangilandi

Poytaxtimizda o‘tayotgan qit’a birinchiligida yana bir jahon rekordi yangilandiPoytaxtimizda o‘tayotgan qit’a birinchiligida yana bir jahon rekordi yangilandiDastlab qizlarimiz Ozoda Hojiyeva hamda Shahnoza Jabborova -64 kg vazn toifasida medallar uchun kurash olib borishdi. Yakunda umumiy hisobda 192 kg qayd etgan Hojiyeva oltinchi, bu yil 15 yoshni qarshi oladigan Jabborova esa 184 kg bilan yettinchi pog‘onadan joy oldi.

1. Suk Ri (KXDR) – 253 (112+141) kg
2. Sui-Chia Li (Xitoy Taipeyi) – 203 (85+118) kg
3. Minkyung Park (Janubiy Koreya) – 202 (86+116) kg ...
6. Ozoda Hojiyeva (O‘zbekiston) – 192 (85+107) kg
7. Shahnoza Jabborova (O‘zbekiston) – 184 (84+100) kg

Kunning ikkinchi yarmida yigitlarimizdan 2021 yilgi jahon chempioni Doston Yoqubov hamda Muhammadqodir Toshtemirov -73 kg vaznning «A» guruhida ishtirok etishdi. Ikki kurash hisobida 330 kg ko‘targan Yoqubov to‘rtinchi o‘rinni egalladi. 316 kg toshni bo‘ysundirgan Toshtemirov esa chempionatni sakkizinchi bo‘lib yakunladi. Qayd etish joiz, mazkur dasturda oltin medal siltab ko‘tarish yo‘nalishida 204 kg bilan jahon rekordini yangilagan indoneziyalik Rahmat Ervinga nasib etdi.

1. Ervin Rahmat (Indoneziya) – 363 (159+204) kg
2. Junianyah Rizqi (Indoneziya) – 353 (158+195) kg
3. Miyamoto Masanori (Yaponiya) – 335 (150+185) kg
4. Doston Yoqubov (O‘zbekiston) – 330 (146+184) kg ...
8. Muhammadqodir Toshtemirov (O‘zbekiston) – 316 (146+170) kg

Kiritildi: 18:03 06.02.2024. O'qildi: 1887 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!