20-23 iyun kunlari yurtimizda Qozog‘iston madaniyat kunlari o‘tkaziladi. Tadbir doirasida, kecha Alisher Navoiy nomidagi Kinochilar uyida «Qozoq kinosi kunlari» boshlandi.
Qozoq kinosi kunlari «Sulton Beybars» to‘liq metrajli badiiy filmi namoyishi bilan ochildi.
Ushbu kunlarda tomoshabinlar qozoq kinoijodkorlari tomonidan tasvirga olingan «Dos-Mukasan», «Paralimpiyachi», «1941 yil yozi», «Vatanparvarlar davri», «Omin aganning gazhayyp baiteregi» filmlarini tomosha qilishlari mumkin, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.