Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Poytaxtda yana "daraxtkushlik" sodir bo‘ldi

Poytaxtda yana "daraxtkushlik" sodir bo‘ldi

Poytaxtning Bektemir tumani, Roxat mahallasi, Roxat 1-tor ko‘chasida "yashil makon" doirasida ekilgan ko‘chatlardan iborat daraxtzorda "daraxtkushlik" amalga oshirilgan. Ya’ni, 7 noyabr kuni kechasi qurilish sababli 10 tup manzarali daraxt noqonuniy qo‘porib tashlangan, 9 tup daraxtlar shikastlantirilgan, 47 tup daraxt ruxsatnomasiz ko‘chirilgani aniqlandi.

Shuningdek, "Gubkin" universiteti qoshidagi akademik lisey tomonidan ekilgan jami 210 tup mevali va manzalari ko‘chatlar ham yo‘q qilingan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra yetkazilgan zarar miqdori 249 mln 672 ming so‘mni tashkil etmoqda.

Shu bois, Ekologiya vazirligi xodimlari tomonidan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun ish prokuratura idoralariga yuborildi.

Kiritildi: 16:15 14.11.2025. O'qildi: 922 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!