O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2025-yilning fevral oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun taklif etilgan ijara narxlari tahlil qilindi.
Poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar ijara narxlari 2024-yilning noyabr oyidan beri arzonlab kelayotgan bo‘lsa, to‘liq ta’mirlangan 3 va 4 xonali xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxlarida ko‘tarilish kuzatildi.
O‘rtacha ta’mirlangan uy-joylar ijarasi.
2025-yilning fevral oyida o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari o‘tgan yilning oktyabr oyidan beri sezilarli arzonladi:
- 1 xonali: $323 (o‘tgan yilning oktyabr oyiga ($331) nisbatan -2.4%);
- 2 xonali: $393 (o‘tgan yilning oktyabr oyiga ($414) nisbatan -5.2%);
- 3 xonali: $480 (o‘tgan yilning oktyabr oyiga ($494) nisbatan -2.9%);
- 4 xonali: $545 (o‘tgan yilning oktyabr oyiga ($623) nisbatan -12.5%).
O‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun taklif etilgan nisbatan arzon ijara narxlari:
- Sergeli tumani (1 xonali - $297, 2 xonali – $366, 3 xonali – $415, 4 xonali - $423);
- Olmazor tumani (1 xonali – $288, 2 xonali – $351, 3 xonali – $417, 4 xonali – $488).
Nisbatan qimmat ijara narxlari:
- Shayxontohur tumani (1 xonali – $347, 2 xonali – $462, 3 xonali – $568, 4 xonali – $694);
- Yakkasaroy tumani (1 xonali – $383, 2 xonali – $511, 3 xonali – $646, 4 xonali – $675).
To‘liq ta’mirlangan uy-joylar ijarasi.
Mazkur davrda to‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari o‘tgan yilning oktyabr oyidagiga nisbatan quyidagicha o‘zgardi:
- 1 xonali: $420 (o‘tgan yilning oktyabr oyiga ($422) nisbatan -0.6%);
- 2 xonali: $592 (o‘tgan yilning oktyabr oyiga ($600) nisbatan -1.1%);
- 3 xonali: $857 (o‘tgan yilning oktyabr oyiga ($834) nisbatan +2.8%);
- 4 xonali: $1160 (o‘tgan yilning oktyabr oyiga ($1118) nisbatan +3.8%).
To‘liq ta’mirlangan uy-joylar uchun taklif etilgan nisbatan arzon ijara narxlari:
- Sergeli tumani (1 xonali – $323, 2 xonali – $417, 3 xonali – $517, 4 xonali – $639);
- Uchtepa tumani (1 xonali – $377, 2 xonali – $436, 3 xonali – $560, 4 xonali – $586).
Nisbatan qimmat ijara narxlari:
- Mirobod tumani (1 xonali – $485, 2 xonali – $746, 3 xonali – $1051, 4 xonali – $1344);
- Shayxontohur tumani (1 xonali – $515, 2 xonali – $748, 3 xonali – $1094, 4 xonali – $1462).
Ijara narxlari olx.uz (https://www.olx.uz/) platformasidan veb-skreping (web scraping) orqali olingan ochiq ma’lumotlar asosida tahlil qilindi. Bunda 2025-yilning yanvar oyi uchun 35,7 mingta va fevral oyi uchun 37,5 mingta, 2024-yilning oktyabr oyi uchun 43,1 mingta ma’lumotdan foydalanildi. Har uchta davr uchun tahlillar narxlar chegarasining yuqori va pastki 5 foizlik kvantillari chiqarib tashlanganidan keyin amalga oshirildi.