Xalq demokratik partiyasi (XDP) deputatlari poytaxt infratuzilmasini yaxshilash, ravon va xavfsiz yo‘llarni barpo etish, zamonaviy transport tizimini yaratish borasida so‘nggi yillardagi ijobiy o‘zgarishlarni e’tirof etib, shaharda tashkil etilgan avtomobillar uchun pulli to‘xtash joylaridagi narxlarni qayta ko‘rib chiqish zarurligini yozmoqda.
Partiya rasmiy saytida e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, poytaxt ko‘chalarida avtomobil qo‘yish joylaridan (shahar bo‘ylab 14 mingga yaqin pulli avtomobil to‘xtash joylari tashkil etilishi belgilangan) foydalanish haqi soatiga 12 ming so‘mdan boshlab belgilangani, tushayotgan mablag‘lar bo‘yicha ochiqlik va hisobdorlik yetishmayotgani jamoatchilik orasida turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Ta’kidlanishicha, bunday tizim aholining daromadlari va imkoniyatlariga mos bo‘lishi, hayotiy zarur ehtiyojlari hisobga olinishi lozim.
«Masalan, poytaxt markazi va unga yaqin hududlarda ishlayotgan yurtdoshlarimiz ish vaqti davomiyligi bo‘yicha avtomobillarini 8 soat atrofida pulli to‘xtash joylarida qoldirishiga to‘g‘ri kelmoqda. Demak, kunlik to‘lov 100 ming so‘m atrofida bo‘lib, oylik to‘lov mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan ham ortib ketmoqda. Bu esa fuqarolarning o‘rtacha daromadlariga qanchalik to‘g‘ri kelayotgani jiddiy masalaga aylanmoqda.
Pulli to‘xtash joylari bizga har tomonlama yaqin bo‘lgan qo‘shni davlatlarda ham tashkil etilgan. Ularda to‘xtab turish narxi bir necha barobar arzon. Demak, bizdagi tarif miqdori iqtisodiy mantiq va ijtimoiy adolat mezonlaridan ancha uzoqligi ko‘rinmoqda», – deyiladi partiya bayonotida.
XDP, o‘z navbatida, poytaxt pulli to‘xtash joylari bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganib, ayrim takliflarini bermoqda.
Jumladan: