Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Poytaxtda jamoat transporti harakati tiklanyapti

Poytaxtda jamoat transporti harakati tiklanyapti

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida joriy yilning 25 mayidan boshlab jamoat transportlari harakatlana boshlaydi. Bu haqda Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Kubatbek Boronov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha yo‘lovchilar sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilishlari kerak, masofani saqlab, niqobda bo‘lishlari shart.

Aholiga xizmat ko‘rsatish markazlari ham poyabzal ustaxonalari, mebel yig‘uvchi va tuzatuvchilar, soatsoz kabilar 21 maydan ish boshlaydi.

“Transport vostilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish markazlari ham ochiladi”, degan amaldor.

Ma’lumot uchun, Qirg‘izistonda 1243 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 14 nafari vafot etgan va 898 nafari sog‘aygan.

Kiritildi: 07:02 21.05.2020. O'qildi: 3660 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!