Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Poytaxtda aksiz markasiz tamaki mahsulotlarining savdosi fosh etildi

Poytaxtda aksiz markasiz tamaki mahsulotlarining savdosi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tumani bo‘limi va IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “R.” MCHJ rahbari G‘.J. “Jiydali” MFY hududidagi savdo do‘konida 25 turdagi 3 407 quti aksiz markasiz va 293 quti elektron tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:56 18.07.2025. O'qildi: 350 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!