Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Poshna balandligi qancha bo‘lsin?

Poshna balandligi qancha bo‘lsin?

10 santimetr va undan ortiq balandlikdagi poshnali tuflilar muntazam ravishda kiyilsa, oyoqda deformasiya paydo qiladi. Bunday oyoq kiyimni faqat onda-sonda kiyish mumkin.

Poshna keltirib chiqaruvchi muammolardan biri yassioyoqlikdir. Bu nafaqat oyoq panjasi, balki butun bir oyoqqa zarar keltirib, og‘riqlarni keltirib chiqaradi. Avvallari poshnasiz poyabzal, jumladan krossovkalarni har kuni kiyish yassioyoqlikni keltirib chiqarish haqida farazlar bo‘lar edi, zamonaviy ortopedlar baland poshna ham yassioyoqlik sababchisi ekanligini uqtirmoqdalar. Yalangoyoq yurish esa oyoq suyaklarining to‘g‘ri shakllanishida foydali.

Ortopedlar kundalik kiyish uchun poshnasi 2-4 santimetrli poyabzallarni tavsiya etadilar. Shuningdek, oyoq kiyim tanlashda mavsusmga mosligi, oyoq o‘lchamiga mutanosiblikni hisobga olish darkor. Hech qachon oyog‘ingizga nisbatan kichik o‘lchamdagi tuflini kiymang. Ozgina farq ham barmoqlarni qisib, nuqson keltirib chiqarishi turgan gap.

Homiladorlarga esa 4 santimetrdan ortiq poshnali tuflilar mumkin emas.

Kiritildi: 09:13 26.08.2025. O'qildi: 1182 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!