Portugaliya milliy terma jamoasi Krishtianu Ronalduning milliy jamoa tarixiga qo‘shgan hissasini abadiylashtirish maqsadida 7-raqam dizaynini o‘zgartirganini e’lon qildi.
Yangi dizaynga ko‘ra, 7 raqamining o‘rtasida gorizontal chiziq paydo bo‘ladi.
Ushbu o‘zgarish yaqinda xalqaro faoliyatini yakunlagan Krishtianu Ronalduga hurmat ramzi sifatida amalga oshirilmoqda.
"Yangi 7-raqamni taqdim etish vaqti keldi. Chunki abadiy qoladigan bitta yettilik bor", — deyiladi Portugaliya terma jamoasi e’lon qilgan xabarda.
Krishtianu Ronaldu Portugaliya milliy terma jamoasi safida 234 ta uchrashuv o‘tkazgan.
Hujumchi ushbu bahslarda 146 ta gol urib, 48 ta golli uzatmani amalga oshirgan.