Bugun 17 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Portugaliya Armanistonni «yanchib tashladi» va Jahon chempionatiga yo‘l oldi

Portugaliya Armanistonni «yanchib tashladi» va Jahon chempionatiga yo‘l oldi

Portugaliya terma jamoasi JCH-2026 saralashi guruh bosqichi so‘nggi turida Armaniston ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi - 9:1. O‘yin Portudagi "Dragau" stadionida bo‘lib o‘tdi.

Mezbonlar safida Joau Nevesh va Brunu Fernandesh 3tadan gol urdi. Shuningdek, portugaliyaliklardan Renatu Veyga, Gonsalu Ramush va Fransishku Konseysau o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Mehmonlarning yagona goliga "Krasnodar" yarim himoyachisi Eduard Spersyan mualliflik qildi.

Portugaliya 13 ochko jamg‘arib, F guruhida 1-o‘rinni egallab, 2026 yilgi jahon chempionatiga yo‘l oldi.

JCH-2026 saralashi. Yevropa. 10-tur. «F» guruhi

Portugaliya - Armaniston - 9:1

16 noyabr, 19:00. «Dragau» (Portu)

Gollar: Veyga, 7 (1:0). Spersyan, 18 (1:1). Ramush, 28 (2:1). Joau Nevesh, 30 (3:1). Joau Nevesh, 41 (4:1). Brunu Fernandesh, 45+3 - penaltidan (5:1). Brunu Fernandesh, 52 (6:1). Brunu Fernandesh, 72 - penaltidan (7:1). Joau Nevesh, 81 (8:1). Konseysau, 90+2 (9:1)

Portugaliya: Koshta, Ruben Diash (Mateus Nunes, 73), Veyga, Joau Kanselu (Ruben Nevesh, 73), Semedu, Bernardu Silva (Borjesh, 56), Vitinya (Joau Feliks, 67), Joau Nevesh, Leau (Konseysau, 56), Brunu Fernandesh, Ramush

Armaniston: Avagyan, S. Muradyan (Bandikyan, 82), Mkrtchan, Tiknizyan, Piloyan (Arutyunyan, 56), K. Muradyan, Spersyan, Agasaryan (Sevikyan, 46), Serobyan (Shagoyan, 46), Oganesyan, Ranos (Eloyan, 65)

Ogohlantirish: S. Muradyan, 70

Kiritildi: 21:42 16.11.2025. O'qildi: 1016 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!