Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Pornografik material tarqatib, kim baraka topyapti?

Pornografik material tarqatib, kim baraka topyapti?

Tadqiqotlarga ko‘ra, internet tarmoqlaridan foydalanuvchi 18 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlarning 90 foizi axloqsiz suratlar va videolarga duch kelishi oydinlashdi. Afsuski ularning 60 foizi bu turdagi ma’lumotlarni maqsadli ravishda izlashi va tarmoqlarga a’zo bo‘lishlari insonni jiddiy tashvishga soladi.

Xavotirga qo‘yadigan jihati, mutaxassislar internetdagi 9 millionlik bolalar auditoriyasining to‘rtdan uch qismi tizimdan ota-onalarining nazoratisiz foydalanishayotganini aniqlashdi.

Global pandemiya sharoitida internet tarmog‘iga talab keskin oshdi, maktab va oliy ta’lim darslari ham onlayn shakllarda olib borilmoqda.

Shunday murakkab vaziyatda o‘z manfaatlarini o‘ylab, mo‘may daromad topish maqsadida pornografik saytlarni tashkil qilayotganlarning ahloqsiz va noqonuniy hatti-harakatlarini hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi.

O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 189-moddasida shunday deyiladi:

“Pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek uni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, vositalarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.”

Xo‘sh, telegramm kabi tarmoqlarda yomg‘irdan keyingi qo‘ziqorinday ko‘payib borayotgan o‘nlab turli pornografik guruhlar va kanallar faoliyatiga nega O‘zbekistonda cheklov qo‘yilmagan? Nega foydalanuvchilar istalgan internet manziliga sayt nomini kiritib, har qanday yoshdagi auditoriya shahvoniy video roliklar, hirsni uyg‘otuvchi fotosuratlarni tomosha qilish va fahshni targ‘ib etuvchi erotik hikoyalarni o‘qish imkoniga ega? Pornografik saytlar 18+ belgisi ostida o‘z guruhlarini tashkil etishmoqda.

Bir jinslilar, erkak bilan erkak, ayol bilan ayol aloqalari, aka-singil, opa-uka, qaynota va kelin, qo‘ni qo‘shnilar o‘rtasidagi intim munosabatlarni ochiq-oshkora targ‘ib etuvchi bunday guruhlarga a’zo bo‘layotgan “podpischik”larning soni kun sayin ortib borayotgani dilimizni hira qiladi albatta.

Ilm-ma’rifat ulashayotgan ijtimoiy saytlar, telegram kanallaridagi  o‘quvchilar soni bu qadar ko‘p emas. Ana shunday guruhlardan bir nechtasini e’tiboringizga havola etamiz. “Orujeynaya” 121 ming 166 nafar, “Akoshbet. N1 CapperUz.Sport Prognozlar....” 276 ming 275 nafar, “Vidyo’.to’p.Kizlar” 472 ming 064 nafar. “Massajistki Tashkenta” 345 ming 491 nafar, “UZBEK SELKA SEX” 65 ming 145 nafar, “QIZLAR VIDIOLARI” 65 ming 149 nafar, “FAQAT KATTALARGA” 65 ming 151 nafar, “SEKIS VIDIOLAR 2020” 65 ming 150 nafar, “UZBEKCHA SEX VIDIOLAR”, “18 YOSHLI QIZ BILAN” 65 ming 234 nafardan.

Bundan tashqari yuzlab va hatto minglab kam sonli a’zolarga ega kanallar ham faoliyat yuritayotgani sir emas.

Bolalarni yaxshi xulqli, pok iymonli qilib tarbiyalashni maqsad qilib qo‘ygan biz ota-onalar bu nomaqbul va qonunsiz ishlarni qat’iy nazoratga olmasak, ertaga attang qilib qolmaymizmi? Bu shunchaki shaxsiy masala emas, balki millat genofondiga daxldor ofatdir.

Yaxshi ma’lumki, insonning badxulq bo‘lishiga va muqarrar falokatga uchrashiga qorin va farj shahvati sabab bo‘ladi. Ko‘zi boylikka to‘lmagan amaldorlar korrupsiya botqog‘iga botib oxiri voy bo‘lsa o‘z hissiyotlarini jilovlay olmaydigan, nafsi buzuq shaxslar ham bir kun tang ahvolda qoladi.

Albatta dinimizda zino va zinoga olib boradigan yo‘llar qoralangan, nomahram shaxsga shahvat nazari bilan qarash ham azm gunoh hisoblanadi va qat’iy man qilinadi.

Davlatni xuddi baland bino desak, uning mahkam tutib turuvchi ustunlaridir. Davlatimizda 7 million oila baxtli bo‘lmas ekan bu inshootni pishiq bo‘lishi qiyin.

Afsuski, chimildiq nimaligi bilmasdan erta homilador bo‘lgan yosh qizlar birinchi galda farzandidan qanday bo‘lmasin qutilishga oshiqayotganiga istalgancha misollar keltirish mumkin.

Axir “Mehribonlik uylari” norasida, boshqalar gunohi uvoliga qolayotgan farzandlar bilan to‘lib toshib borayotganiga toqat qilish mumkinmi? Pushaymonlik mahsuli bo‘lgan norasida chaqaloqlarning o‘z ota-onalari tomonidan bo‘g‘ib o‘ldirilishi, hojatxonalarga, sovuq ko‘chalarga tashlab ketilishi, tezoqar kanallarga tashlanishi o‘taketgan vahshiylik emasmi?

Shunday ekan, avvalo, huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari bunday ma’naviyatsizlikni targ‘ib qilayotgan kanal va guruhlarning “admin”larini aniqlab, ularga qarshi keskin choralar ko‘rishi va ommaviy axborot vositalarida yuzini fosh etishi shart.

Qonun chiqaruvchi organlarimiz tegishli qonunchilikda faqat jarima bilan cheklanib qolmasdan, hatto qamoq jazosiga bo‘lgan choralarni kiritishi maqsadga muvofiqdir.

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish agentligi tegishli tuzilmalari bu kabi kanallar va guruhlarini chiqqanini chiqqan zahotiyoq maxsus dasturlar yordamida aniqlab, “blokirovka” qilish choralarini ko‘rishi shart.

Chunki o‘rganishlar chog‘ida bu kabi kanallar ichida o‘zimizning mashhur internet provayderi (UZTELECOM) reklamalari shubhali tarzda doimiy joylashtirib borilayotganiga guvoh bo‘ldik. Ular qay tariqa bu guruhlarga reklamasini berayapti, shartnoma tuzayaptimi. Unda kim bilan shartnoma tuzilayapti, demak ular hammasidan xabardor. Lekin bu tashkilotlarning chakki qadamini prokuratura nazoratda chetda qoldirmasligi kerak.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda o‘rta ta’lim maktablarida yigit-qizlarga alohida-alohida oilaviy tarbiya darslari yoki kurslarini o‘tmog‘i kerak.

Ota onalar ham bolaning telefonini doimiy nazorat qilib borsa, turli buzuqi saytlarga nogohon kirib qolmasligi uchun xavfsizlik choralarini ko‘rsa ziyon qilmaydi.

Ushbu masalada biz barcha mutasaddi tashkilotlardan jipslashishni so‘ragan bo‘lar edik.

Muqaddas Islom dinimizda “Nafsimizni, qalbimizni, ruhimizni poklashga amr qilingan”. Zero, hayot atalmish ulug‘ ne’matni go‘zal ahloq, pok va halol yashash saodati barchamizga nasib etsin.

Manija BAHRIYEVA,

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini

himoya qilish jamiyatlari federasiya

bosh mutaxacsisi

Kiritildi: 16:03 07.07.2020. O'qildi: 13274 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!