30 ming dollar miqdordagi pullarni olgan vaqtda qo‘lga tushgan Xonobod tuman sobiq sudyasi 10,5 yilga qamaldi.
Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar qildi.
Obidovning bergan ma’lumotiga ko‘ra, uning muqaddam boshqa sud tomonidan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi muddatini kamaytirishni va’da qilib, sudlangan shaxsning onasidan 30 ming dollar miqdordagi pullarni olgan vaqtda qo‘lga tushgandi.
Ushbu shaxs joriy yilning 17 oktyabr kuni e’lon qilingan hukmga ko‘ra, Jinoyat kodeksning 25 (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish),168-moddasi 4-qismi «a» bandi (mansabdor shaxsning xizmat mavqeyidan foydalanib jinoyat sodir etishi) va 25,211-moddasi 3-qismi «a» bandida (korrupsiya) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.
Unga nisbatan 2,5 yil davomida mansab lavozimlarida, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 10,5 yil muddatga qamoq jazosi tayinlandi.